Texnikum haqida.

Asaka transport va xizmat ko'rsatish texnikumi haqida ma'lumot

Service Details Image

Asaka transport va xizmat ko'rsatish texnikumi

    Asaka tijorat texnikumi negizida 1999-yilda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40-sonli qaroriga binoan o'quv binosi kapital ta'mirlanib, Asaka maishiy xizmat kasb-hunar kolleji tashkil etildi. 2008-yilda O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazining 128-sonli buyrug'iga 2-ilovaga muvofiq kollej nomi Asaka maishiy xizmat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji deb o'zgartirildi. 2013-yilda O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazining №127-sonli buyrug'iga 2-ilovaga muvofiq, u Asaka sanoat va xizmat ko'rsatish kasb-hunar kolleji deb o'zgartirildi, 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-sonli Prezident farmoniga asosan Andijon mashinasozlik instituti huzurida faoliyat ko'rsatadigan Xalqaro tasniflagichning 5-darajasidagi mutaxassis tayyorlovchi Asaka transport va xizmat ko'rsatish texnikumi ochilishi imzolandi, 2020-yil iyul oyidan Andijon mashinasozlik instituti huzuridagi Asaka transport va xizmat ko'rsatish texnikumi o'z faoliyatini boshladi.